1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Messining salfetkada tuzilgan shartnomasi auksionda sotildi

U 25 yil oldin “Barselona” bilan imzolangan ilk kontrakt edi.

Messining salfetkada tuzilgan shartnomasi auksionda sotildi

13 yoshli Lionel Messining “Barselona” bilan birinchi shartnomasini imzolagan salfetka kimoshdi savdosiga qo‘yildi.

 

Lot 965 ming dollarga tushdi. Xaridorning ismi oshkor etilmagan. Messi bilan shartnoma imzolash to‘g‘risidagi printsipial kelishuv deyarli 25 yil oldin “Barselona” tennis klubida salfetkaga yozilgan edi.

 

2000 yil 14 dekabrdagi salfetkada Gaggioli, boshqa agent Xosep Mariya Mingella va o‘sha paytdagi “Barselona” sport direktori Karles Rexachning imzolari bor.

 

Messi 2003 yildan 2021 yilgacha “Barselona”da deyarli yigirma yil to‘p surdi. Klub bilan futbolchi 10 karra Ispaniya chempioni bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика