Tokio universiteti tadqiqotchilari uy mushuklarining umrini uzaytiruvchi vaksina yaratdilar.
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 10 yoshdan oshgan mushuklarning deyarli 30 foizi surunkali buyrak kasalligi yoki surunkali buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Ushbu kasallik uy hayvonlari o‘limining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Ishlab chiqilgan vaksina allaqachon klinik sinovlarda ijobiy natijalarni ko‘rsatdi. U hatto o‘lim bosqichida bo‘lgan mushuklarda ham buyraklar faoliyatini yaxshilagan.
Vaktsina 2025 yilda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Olimlar preparat buyrak kasalligining asosiy sababini yo‘q qilishini va uy mushuklarining 30 yilgacha yashashiga yordam beradi, bu hayvonlarning hozirgi o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligidan ikki baravar ko‘p.


