2024-yilda shaxmat turnirlarida eng katta mukofot pullarini qo‘lga kiritgan shaxmatchilar ro‘yxatini e’lon qildi. "Chess.com" saytining ma’lumotiga ko‘ra, o'zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov o‘tgan yilda 132 981 dollar ishlab oldi. U 12 ta yirik turnirda qatnashib, shuncha mablag‘ga ega bo‘lgan.
Mazkur ro‘yxatda jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju yaqqol peshqadamlik qilmoqda.


