Qayd etilishicha, sayohat uchun eng yaxshi mamlakat reytingida birinchi o‘rinni o‘z sirli va mahobati bilan ko‘pchilik sayyohlarning ajoyib maskaniga aylangan Misr piramidalari egallagan.

To‘qqizinchi va sakkizinchi o‘rinlarda esa Malavi va Nepal joylashgan.

Ummon yettinchi o‘rinni egalladi. Oltinchi o‘rinda Angliya — sharqiy Karib dengizidagi marjon oroli turibdi.
Beshinchi o‘rinni Sloveniya zabt etdi.

To‘rtinchi va uchinchi o‘rin esa Karib dengizi bilan yuvilgan Beliz davlati va Mavrikiyga nasib etdi.


Ikkinchi o‘rinda “eng baxtlilar” mamlakati Norvegiya qayd etilgan.

Birinchi o‘rinni sayyoramizning eng go‘zal joylaridan biri nominatsiyasida Kuk orollari egalladi.

Eng yaxshi shahar reytingida birinchi o‘rinni “Oklend” (Yangi Zelandiya) egalladi.
Ikkinchi o‘rinni Tayvanning Taypeyi band etdi.
Frayburg (Germaniya), Atlanta (AQSH), G‘arbiy Afrikadagi Lagos (Nigeriya) shaharlari esa ro‘yxatdan ketma-ketlikda joy oldi.
Oltinchi o‘rinda Kipr poytaxti Nikosiya, yettinchi o‘rinda Irlandiyaning Dublin shahri joylashgan.
Kuchli o‘nlikdan Merida (Meksika), Florensiya (Italiya) va Kyonju (Janubiy Koreya) ham o‘rin olgan.
“Nihoyat, uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan sayohat rejalarini qayta tiklash va ularni hayotga tatbiq etish vaqti keldi", — dedi "Lonely Planet" vitse-prezidenti Tom Xoll.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.


