O‘zbekiston Kino arboblari ijodiy uyushmasi tomonidan Kinochilar uyida anʼanaviy “Oltin Humo” milliy kinomukofotining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mukofotlar topshirish fonida kino sohasida yil davomida amalga oshirilgan ishlar aks etgan maxsus videorolik taqdim etildi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchanov so‘zga chiqishdi.
“Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z egalariga topshirildi:
Eng yaxshi hujjatli film – “Xalq jasorati”, rejissyor Ali Hamroyev;
Eng yaxshi animatsion film – “Avtosarguzashtlar 4”, rejissyor Abdulatif Haydarov;
Eng yaxshi kompyuter grafikasi – “Ibrat” filmi uchun Dilshod Latifxo‘jayev;
Eng yaxshi kino bastakori – “Rangsiz tushlar” filmi uchun Ubaydulla Karimov;
Eng yaxshi montaj ishi — “Tengiz” filmi uchun Xurshid Alixo‘jayev;
Eng yaxshi grim rassomi – “Ilhaq” filmi uchun Zilola Sobirova;
Eng yaxshi libos bo‘yicha rassom ishi – “Ilhaq” filmi, Zuhra G‘aniyeva;
Eng yaxshi rassom ishi – “Qo‘qon shamoli” filmi uchun Isobek Egamberdiyev;
Eng yaxshi ovoz rejissyori – “Ilhaq” filmi Anvar Fayzullayev;
Eng yaxshi ssenariy – “Rangsiz tushlar” filmi uchun Umid Hamdamov;
Eng yaxshi operatorlik ishi – “Ilhaq” filmi uchun Jahongir Ibragimov;
Eng yaxshi rejissyorlik ishi – “Rangsiz tushlar” filmi Ayub Shahobiddinnov;
Eng yaxshi ayol roli – “Ilhak” filmi uchun Dilorom Karimova;
Eng yaxshi erkak roli – “Ibrat” filmi uchun Karim Mirhodiyev;
Tomoshabin mehrini qozongan film – “Qor yog‘moqda, oppoq qor” rejissyor Rixsivoy Muhammadjonov;
Yilning eng yaxshi filmi – “Ilhaq” filmi, rejissyor Jahongir Ahmedov.
Maʼlumot uchun: bugun rejissyor Azamat Ahrorovning “Lolagulim” kinokartinasining ilk katta premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Debyut start — 2021" yoshlar milliy kinofestivali g‘oliblari taqdirlangani hamda Toshkentda MDH va Gruziya davlatlarining kinematografiya rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


