Bugun, 17-noyabr kuni O‘zbekistonning “Mi-8” vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 20:15 da Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli “Mi-8” vertolyoti “Kattaqo‘rg‘on” poligonida o‘quv parvozini amalga oshirayotganida halokatga uchragan.
Fojia oqibatida vertolyot ekipaji halok bo‘lgan. Ayni vaqtda hodisa joyida Maxsus komissiya avariya sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.


