“Yaqinda Markaziy Osiyoning iqtisodiy qudrati bo‘lgan Qozog‘istondan qaytdim. Ulug‘vor Ostona, jo‘shqin Olmaota, go‘zal Burabay va Charin kanyoniga tashrif buyurdim. Qozog‘istonning go‘zalligi bilan faqat uning ambitsiyalari raqobatlasha oladi.
Mamlakat biznes uchun qulay siyosat va soliqlar bilan xalqaro kompaniyalar va texnologik startaplarni jalb qiladi. Shuningdek, u innovatsion maktablar va universitetlarni qo‘llab-quvvatlash orqali taʼlim va ilm-fan sohasida o‘zining ustunligini oshiradi.
20 million qozog‘istonlikdan 12,5 millioni har oy Telegramdan foydalanadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘p. Biz qozoq xalqi uchun asosiy aloqa platformasi bo‘lib xizmat qilishdan faxrlanamiz”, deb yozdi u o‘z rasmiy kanalida.


