1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Poyezd chiptasi narxlari yana oshiriladi

Bunga bir qancha omillar sabab qilib keltirilgan.

Poyezd chiptasi narxlari yana oshiriladi

 

2025-yil 1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarining VIP, biznes toifadagi chipta narxlari 25% ga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20% ga hamda tezyurar yo‘lovchi poyezdlari "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlarining chipta narxlari 30% ga oshirilmoqda.

 

Bugungi kunda sohada temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, temir yo‘l vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsad qilib olingan.

 

"Afrosiyob" elektropoyezdlari chipta narxlari:

Toshkent — Buxoro:

VIP 994 000 so‘m;

Biznes 751 000 so‘m;

Ekonom 484 000 so‘m.

 

Toshkent — Qarshi:

VIP 854 000 so‘m;

Biznes 634 000 so‘m;

Ekonom 406 000 so‘m.

 

Toshkent — Samarqand:

VIP 619 000 so‘m;

Biznes 450 000 so‘m;

Ekonom 294 000 so‘m.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика