Qashqadaryo viloyatida 20 yoshli yigit tog‘asini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, holat Shahrisabz shahrida 21-iyul soat 10:00 larda sodir bo‘lgan. 2004-yilda tug‘ilgan A.S. 17-iyul kuni tog‘asi bilan janjallashib qolgan. O‘shanda tog‘asi uni urib, ota-onasini haqorat qilganligi yodiga tushib qolgan. Oqibatda 1984-yilda tug‘ilgan tog‘asini ikkala yelka bo‘yinlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
A.A. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib bormoqda.


