Ayol qattiq kaltaklangani tufayli tuman tibbiy birlashmasiga yotqiziladi.
Voqeadan xabar topgan X.ning ukasi opasini nega urganini bilish maqsadida soat 15:00 atrofida pochchasi oldiga boradi. Opasi haqida qayg‘urgan uka pochchasiga tegishli bo‘lgan milliy taomlar oshxonasiga borgan vaqti oshxonaning ovqat pishiriladigan qismida u bilan tortishib qoladi. Janjal boshlangan vaqtda pochchasining akasi R. ham o‘sha yerda bo‘lgan. X.ning ukasi o‘zini himoyalash uchun cho‘ntagida olib yurgan oshxona pichog‘i bilan R.ning ko‘krak qismiga jarohat yetkazadi. U zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Holat bo‘yicha tezkor tergov harakatlari olib borilib, 23-sentyabr kuni X.ning ukasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "y”, “e” va “l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Samarqandda yer talashgan fuqaro qo‘shnisi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.
Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.


