1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi ayolni bosib ketdi

Ayol temir yo‘lni ruxsat etilmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo'lgan.

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi ayolni bosib ketdi

 

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yuborishi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2026-yil 22-yanvar kuni Gidrouzel va Nukus stansiyalari oralig‘ida yuz bergan. Ayol kishi temir yo‘lni kesib o‘tish uchun mo‘ljallanmagan hududdan relslarni kesib o‘tishga uringan va natijada yo‘lovchi poyezdi ostida qolib ketgan.

 

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi temir yo‘lni kesib o‘tish qoidalarini buzgan holda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan. Hozirda mas’ul organlar tomonidan hodisaning barcha holatlari o‘rganilmoqda.

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hozircha jabrlanuvchining ahvoli bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Shuningdek, temir yo‘l kompaniyasi fuqarolarni temir yo‘llarni faqat belgilangan joylardan kesib o‘tishga va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика