Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi kafelarning birida ikki nafar qiz o‘zini ko‘z-ko‘z qilib o‘yinchi qizlar yonida oyoqlari bilan o‘zbek milliy valyutasini bosib, uni qadrsizlantirgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha Samarqand viloyati IIB munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 15 dekabr kuni Samarqand shahrida joylashgan tungi klublarning birida olingan video tasvir holati yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy qaroq qabul qilish uchun JIB Samarqand shahar sudiga yuborildi.
"Biz 7 oydan beri fuqarolarga xizmat qilib kelamiz. Mehmonlar bizning kafega kelib, tamaddi qilib ketishadi. SHU kunga qadar urush janjallar bo‘lmagan. Kafega shou, baletlar kelishadi. Raqqosalarga pul sochilmaydi. O‘sha kuni 2 nafar qiz kafega kelib, tamaddi qilishgan. Ularning o‘zlari o‘zini ustidan pul sochib o‘zini-o‘zi tasvirga olgan", — degan kafeda ishlaydigan xodim.
Bundan 1 oycha avval yuqorida aytilgan qiz behayo rasm va videolarni tarqatgani uchun 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilinib, 4 sutka o‘tirib chiqib kelgandi.
"Men kafeda noto‘g‘ri ish qilmaganman. Fuqarolarning pul sochish bayramini ko‘rsatib berganman xolos. Pullarni men sochmaganman", — dedi bloger qiz.
JIB Samarqand shahar sudining hukmiga ko‘ra har ikkala huquqbuzarga BHMning 3 baravarida jarima jazosi tayinlandi.


