1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddan Moskvaga uchgan samolyot texnik sabablarga ko‘ra ortga qaytdi

Hozirda layner aeroportning zaxira yo‘lagida turibdi.

Samarqanddan Moskvaga uchgan samolyot texnik sabablarga ko‘ra ortga qaytdi

 

Bugun, 10 iyul kuni ertalab “Rossiya” aviakompaniyasining “Sukhoi Superjet 100” samolyoti Samarqanddan Moskvaga uchgan, biroq texnik sabablarga ko‘ra aeroportga qaytgan. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar bermoqda.

 

“Rossiya” aviakompaniyasining FV-6552 reysi bugun jadval bo‘yicha soat 07:17 da Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga uchdi. Texnik sabablarga ko‘ra ekipaj aeroportga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qildi va soat 9:00 da kelib qo‘ndi”, — deya ma’lum qilgan Samarqand aeroporti xodimi. 

 

Aniqlik kiritilishicha, hozir “Sukhoi Superjet 100” layneri aeroportning zaxira yo‘lagida turibdi, uning bortida bo‘lganlar jabrlanmagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика