1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Semizlikni keltirib chiqaruvchi yangi omil aniqlandi

Bu bo‘yicha yangi tadqiqot natijalari eʼlon qilindi.

Semizlikni keltirib chiqaruvchi yangi omil aniqlandi

Semizlikni keltirib chiqaruvchi omillar ko‘p. Noto‘g‘ri ovqatlanish va kamharakat turmush tarzi — ular orasida yetakchilari. Ammo bu global muammoning hali bizga nomaʼlum sabablari ham bor.

 

Shulardan birini Yangi Zelandiyaning Otago universiteti olimlari aniqladi. Buning uchun farqli yillarda AQSHda qariyb 2,9 ming nafar hamda Yevropada 20 ming nafardan ziyod ko‘ngilli ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi.

 

Izlanish davomida yuqoridagi ilmiy tajriba qatnashchilarining vazn ko‘rsatkichlari va qondagi S vitamini konsentratsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, semiz insonlar organizmda ushbu modda tanqisligi kuzatiladi. Yaʼni ortiqcha vaznga ega kishilarda C vitamini so‘rilishi va uning tanadan chiqarilishi tezlashadi. Natijada hujayralar yallig‘lanishiga olib keluvchi oksidlovchi stress jarayoni kuchayadi.

 

Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, qandli diabetning 2-turi, jigarning alkogolsiz yog‘ bosishi kabi kasalliklar ham organizmda S vitamini darajasi pasayishi bilan tavsiflanadi.

 

Shularni inobatga olgan olimlar tanadagi S vitaminining minimal sutkalik dozasi kamida 45 mg bo‘lishi kerak, degan xulosaga keldi. Semiz insonlar organizmi esa har 10 kg ortiqcha vazn uchun qo‘shimcha 17-22 mg miqdorida bu darmondorini talab qiladi.

 

Mutaxassislar qayd etganidek, ushbu yangilik tegishli klinik sinovlarda ham tasdiqlangandan so‘ng tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика