1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Singlisiga sevgi izhor qilgan bolani samosud qilgan aka qamaldi

Holat Samarqand viloyatida sodir bo'lgan.

Singlisiga sevgi izhor qilgan bolani samosud qilgan aka qamaldi

 

Samarqandda aka singlisiga sevgi izhor qilgan o‘quvchini samosud qilgani aytilgan edi. Bolalar ombudsmani matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 16-may kuni Past Darg‘om tumani IIBga 2009-yilda tug‘ilgan B.S. tan jarohati olgani to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida ta’lim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz Q.A.ga sevishini aytgan. So‘ng qizning akasi A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni bolani o‘z uyiga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, A.Q. yigitning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudida mazkur bolaga zo‘ravonlik holatiga oid jinoyat ishi sud muhokamasi ko‘rib chiqilib, A.Q. aybdor deb topilib, unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика