Namangan viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sirdaryo viloyati IIBga boshliq bo‘ldi.
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan polkovnik Jabarov Sanjar Buranovich Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sanjar Jabarov mazkur tayinlovga qadar Namangan viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


