ISHID terrorchilik guruhi rahbarlaridan biri Suriyada qo‘lga olindi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Jangarilar yetakchisi terrorizmga qarshi AQSH boshchiligidagi xalqaro koalisiya tomonidan ushlangan.
Payshanba kuni erta tongda koalisiya Suriya shimolida desant operasiyasi o‘tkazgani aytilmoqda. Terrorchi ushbu amaliyot natijasida qo‘lga olingan bo‘lishi mumkin.
Boshqa tavsilotlar keltirilmagan. Avvalroq Istanbulda ISHID rahbari qo‘lga olingandi.


