1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Talabalar uchun taʼlim kreditini onlayn olish imkoniyati yaratiladi

Hozirgi kunda talabalardan kontrakt-shartnomasini onlayn olish bo‘yicha 95 ming ariza qabul qilindi.

Talabalar uchun taʼlim kreditini onlayn olish imkoniyati yaratiladi

 

Talabalar uchun taʼlim kreditini onlayn olish imkoniyati yaratiladi. Bu haqida AOKAda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

 

“Maqsad bitta. Oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirishdan to diplom ogungacha bo‘lgan jarayonlarni raqamlashtirish. Biz bunga erishdik. Hozirgi kunda talabalardan onlayn shartnoma olish bo‘yicha 95 ming ariza qabul qilindi”, — deydi vazir.

 

Toshqulovning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik Markaziy bank bilan birgalikda taʼlim kreditini onlayn olish imkoniyatini beruvchi “ta‘limkrediti.uz” maxsus platformasini ishlab chiqdi. Ushbu platforma 2 kun ichida ishga tushiriladi.

 

Shuningdek, ertadan boshlab, o‘qishini xorijdan ko‘chirgan talabalar ham kontrakt-shartnomasini onlayn olishi mumkin bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda taʼlim sohasida talabalarga yengillik yaratish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. bular orasida talabalarga imtiyozli kreditlar berish, talabalaring yotoqxona va ijara uylarga joylashishiga yordam berish, kam taʼminlangan talaba qizlarning to‘lov-kontrakt pullarini to‘lab berish va boshqa bir qator imtiyozlar shular jumlasidan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика