1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

"Telefoningizni berib turing, paynet qilib olay..."

Surxondaryoda mehmonga kelgan yigit o‘g‘rilik qildi.

"Telefoningizni berib turing, paynet qilib olay..."

 

Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashovchi 60 yoshli Sh.X. murojaat qilib, plastik kartasidagi 400 ming so‘m pullar o‘g‘irlanganligini bildirgan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Sh.X.ning uyiga o‘g‘lining do‘sti 26 yoshli Y.O. mehmondorchilikka kelib, telefon raqamiga 10.000 so‘m paynet qilib olish uchun deb, Sh.X.ning qo‘l telefonini aldab olib, “CLICK” ilovasi orqali 10.000 o‘rniga 400 ming so‘m miqdoridagi pullarni yechib olganligi aniqlandi.

 

Mazkur holat bo‘yicha Y.O. O‘zR. JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

 

Qonunga muvofiq, Y.O. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика