Pavel Durov Telegram‘da yaqin orada 10 ta yangi funksiya paydo bo‘lishini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu yangilanishlar 5 ta sovg‘a yaxshilanishi, 3 ta heshteg, xabar yuborilgandan so‘ng unga media qo‘shish va xabar qachon tahrirlanganini ko‘rish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
Yangilanishlar qachondan ishga tushirilishi haqida aniq muddat hozircha maʼlum emas.


