1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Terrorchi tashkilot aʼzolarini moliyalashtirgan fuqaro ushlandi

U jangarilarga "moliyaviy jihod" sifatida pul yuborgan.

Terrorchi tashkilot aʼzolarini moliyalashtirgan fuqaro ushlandi

 

2014-yilda Koreya Respublikasiga borib, 2018-yilning o‘rtalarida internet tarmog‘i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar g‘oyaviy taʼsirida aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni atrofdagilarga tarqatgan 29 yoshli fuqaro qo‘lga olindi.

 

U 2021-2022-yillar davomida o‘zi va boshqa maslakdoshlarining jami 24 mln so‘m miqdoridagi mablag‘larini «moliyaviy jihod» sifatida xalqaro pul o‘tkazmalari va elektron ilovalar orqali Suriyadagi jangarilarga yuboradi.

 

DXX va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan u Jinoyat Kodeksining 244-1, 244-2 va 155-3-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика