1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkentda uch yoshli bolani ZIL bosib ketdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda uch yoshli bolani ZIL bosib ketdi

 

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yuk mashinasi uch yoshli bog‘cha bolasini bosib ketdi.

 

"Shovqin eshitildi, shu tarafga yugurdim. Mashinaning orqa balonidan bola aylanib chiqdi. O‘sha tarafga yugurdim. Jonsiz holatda yotgandi. Tez yordamga va milisiyaga qo‘ng‘iroq qildim", - deydi guvoh.

 

Bog‘cha mas’ullari bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan. Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati rahbari 2021-yilda tug‘ilgan bola voqea joyida vafot etganini bildirgan. "Bog‘chadan chiqib, uyiga ketayotgan bo‘lgan. Kechki payt taxminan 17:10 lar atrofi edi. Yo‘lning nargi tarafida akasini ko‘rib qolgan. Bog‘cha opaning qo‘lidan chiqib ketganmi, bilmadim. Mashina yo‘lga yugurib ketib qolgan», deydi guvoh.

 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика