1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Voyaga yetmagan yigit “Cobalt”da YPX xodimini urib yubordi

Voqea Qashqadaryoda sodir bo'lgan.

Voyaga yetmagan yigit “Cobalt”da YPX xodimini urib yubordi

 

Qashqadaryo viloyati IIB Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 6 iyul kuni soat taxminan 21:30 larda Shahrisabz shahar IIB YHXB YPX inspektori katta serjant M.Karimov shahar hududidagi 4R-23L Kitob—Shahrisabz yo‘lining 3 kilometrida xizmat olib borayotganda «Ipak yo‘li» ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan “Cobalt” rusumli avtomashinaga hujjatlarni tekshirish maqsadida to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan. Mashina haydovchisi esa YPX inspektorining qonuniy talabini bajarmasdan, M.Karimovni turtib yuborgan.

 

YTH natijasida YPX inspektoriga hech qanday tan jarohati yetmagan.

 

Zudlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida huquqbuzar Shahrisabz shahar Sug‘diyona ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan P.Sh. ekani aniqlanib, transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan.

 

P.Sh.ning otasi Shahrisabz shahar Sug‘diyona ko‘chasida yashovchi S.B.ga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика