Unda tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillari, tizim masʼullari ishtirok etdi. Muloqotda xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, namunali xonadonlarning tadbirkorlik ishlarini keng targ‘ib qilish, oilaviy sharoitlari sabab ilmiy ishlarini yakuniga yetkazolmagan ayollarga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan bir qator vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida viloyatda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar, ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
Masʼullarning qayd etishicha, viloyatda olib borilgan o‘rganishlar natijasida 400 dan ortiq oila farzandlari maktab yoki bog‘chaga borolmay, taʼlimdan uzilib qolayotgani aniqlangan. O‘z navbatida, holat yuzasidan tezkor choralar ko‘rilib, ushbu oilalarga ko‘mak berilgan.
Xususan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarni aniqlash, ularni kasbga, tadbirkorlikka yo‘naltirish, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va faolligini oshirish, kayvoni ayollar tajribasidan foydalanish yaxshi samara berishi qayd etildi.


