Rossiya Davlat dumasining Qrim viloyati deputati Mixail Sheremet Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsiy uchrashuvdan qo‘rqayotgani haqida fikr bildirdi.
Avvalroq Zelenskiy G20 sammitida Rossiya rahbari bo‘lsa, u ishtirok etmasligini aytgandi.
“Zelenskiy shunchaki qo‘rqoqlik qildi. U o‘z videolarida orqadan ko‘p narsani ayta oladi, yonoqlarini shishiradi, jasur bo‘ladi, lekin shaxsiy muzokaralar vaqti kelganida, ko‘zga qarash vaqti kelganida, u darhol ortga chekinadi. Bu xatti-harakatining sababi ayon - u prezidentimiz bilan uchrashishdan qo‘rqadi. Zelenskiyda G‘arbning geosiyosiy manfaatlari yo‘lida o‘z mamlakatini isrof qilish va Ukraina xalqini qirg‘in qilish uchun bahonalar aytishdan boshqa gapi yo‘q”, — dedi Sheremet.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning G20 sammitidagi ishtiroki befoyda, chunki u yerda Ukrainaning haqiqiy xo‘jayinlari – AQSH va Buyuk Britaniya rasmiylari bo‘ladi.
Vladimir Putin 31 oktyabr kuni G20 sammitida ishtirok etish bo‘yicha hali qaror qabul qilmaganini taʼkidladi.


