Аллергия ва астманинг мавжудлиги вакцина қабул қилишга тўсқинлик қилмайди
Россиялик мутахассислар аллергияга мойил инсонлар ҳам COVID-19 га қарши эмланиши мумкин дейишмоқда.

Sir emas, bugun mamlakatimizda pandemiyaga qarshi olib borilayotgan vaksinatsiya jarayonlarida fuqarolar orasida ko‘pgina savollar mavjud. Xususan allergiyasi bor kishilarning vaksina olishi mumkin yoki yo‘qligi borasidagi savollar keng muhokama etilmoqda. Aksariyat kishilar vaksina sabab allergiyalari kuchayib ketishidan, emlanishdan so‘ng turli salbiy holatlar yuzaga kelishidan cho‘chiyotganlari ham haqiqat.
Rossiya Allergolog va klinik immunologlari assotsiatsiyasi mutaxassislari tayyorlagan hisobotda aytilishicha, vaksina allergisi bor bemorlarga ham bir xil taʼsir qiladi. Allergiya va astmaning mavjudligi vaksina qabul qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Allergiyasi bor bemorlarga vaksinatsiyadan oldin shifokor qabulida bo‘lish maslahat berilgan, allergiya kuchaygan davrda vaksina qabul qilish mumkin emasligi qayd etilgan.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, kuni kecha O‘zbekistonda 899 kishida koronavirus aniqlandi, 7 nafar bemor vafot etib, jami vafot etganlar soni 893 nafarga yetdi.
Biroz avval, bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini majburiy profilaktik emlash hamda xodim emlashni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligini ko‘zda tutuvchi qonun kuchga kirgani haqida maʼlum qilgan edik.







