Ёқилғи қуйишга борган эркак уйига миллионер бўлиб қайтди
Қайтимга берилган лотерея омадли бўлиб чиқди.

AQShning Michigan shtatida istiqomat qiluvchi 41 yoshli Metyu Spolding lotereya chiptasini qaytimga olib, millionerga aylandi.
Spolding yoqilg'i quyish shoxobchasida 5 dollar qaytim o'rniga Michigan Lottery Fast Cash chiptasini sotib olishga qaror qildi.
U binoni tark etgach, chiptaga qaradi va u katta jekpotni yutganini tushundi. Erkak 107 ming dollar yutib oldi.
“Men ba'zi mijozlarni qo'rqitdim, chunki men quvonchdan qichqira boshladim. Bu juda ajoyib tuyg'u edi ", — deb eslaydi Spolding.
G‘olib yutgan pulni kelajagi uchun saqlab qolishini aytdi.







