Наманганда ўқувчи қоровул билан муштлашди
Ҳолат юзасидан расмий изоҳ берилди.

Mazkur holat 15 may kuni soat 11:50 da Namangan shahridagi 37-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan.
Unda maktab o‘quvchilari dars vaqtida, ta’lim muassasasi hududidan darsni tashlab chiqib ketayotganda, ushbu maktab qorovuli tomonidan to‘xtatiladi.
Qorovul o‘quvchilarni darsga qaytishini talab qilganda, ushbu maktabning 11 sinf o‘quvchisi T.N, maktab qorovulining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, uni kurakka turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlab, qorovulga nisbatan kuch ishlatadi.
Shundan so‘ng maktab qorovuli o‘zini himoya qilish maqsadida T.N.ga nisbatan kuch ishlatishga majbur bo‘lgan.
Holat bo‘yicha o‘quvchilarning ota-onalari Ichki ishlar bo‘limiga chaqirtirilgan hamda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







