Qo‘shma Shtatlar YeI mamlakatlariga Rossiya nefti narxining yuqori chegarasi bo‘yicha bosim o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda “Politico” yuqori martabali diplomatga tayanib.
“Qo‘shma Shtatlar tomonidan neft narxining yuqori chegarasini joriy etish bo‘yicha bosim bor", dedi diplomat. Shuningdek, u "hayotiy manfaatlar xavf ostida" ekanligini qo‘shimcha qildi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari bu masalada ikkiga bo‘lingan. Masalan, Polsha va Boltiq mamlakatlari taklif qilingan 65-70 dollarlik chegara darajasini juda yuqori deb hisoblashadi.
Avvalroq AQSH va uning ittifoqchilari Rossiya neftining bir barreliga 60-70 dollargacha bo‘lgan narxlarni cheklash masalasini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov neft narxining yuqori chegarasi sifatida muhokama qilingan raqamlarni “tushuntirish qiyin” deb atadi.


