O‘zbekiston Milliy terma jamoasi aʼzosi Otabek Shukurovning otasiga Prezident nomidan “Qorabayir” zotdor ot sovg’a qilindi
Otabek Shukurov Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Yoshlar kuni" munosabati bilan faol va tashabbuskor yoshlar qatori "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.


Davlat mukofotini Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev topshirdi.
Shuningdek, viloyat rahbari Otabekning otasi G‘ayrat Murodovga shunday farzand tarbiyalab, voyaga yetkazgani uchun rahmat aytib, Prezident nomidan “Qorabayir” zotdor otini sovg‘a qildi.







