Jahon

Hindistonda 2,5 ming odam vaksina o‘rniga sho‘r suv bilan “emlandi”

Oq xalat kiygan jinoyatchilar koronavirusga qarshi emlanishni istaganlardan foyda ko‘rish maqsadida ularga vaksina o‘rniga sho‘r suv yuborgan

Hindistonda 2,5 ming odam vaksina o‘rniga sho‘r suv bilan “emlandi”

Hindiston hukumati keng miqyosdagi firibgarlik sxemasini fosh qildi. Oq xalat kiygan jinoyatchilar koronavirusga qarshi emlanishni istaganlardan foyda ko‘rish maqsadida ularga vaksina o‘rniga sho‘r suv yuborgan, deb xabar bermoqda SNN. 

Mumbay politsiya boshqarmasining yuqori martabali xodimining aytishicha, jinoyatchilar 12 ta pulli emlash kampaniyasini o‘tkazgan, shu vaqt ichida odamlarga fiziologik eritma yuborilgan. Taxminan 2,5 ming kishi koronavirusga qarshi “emlangan”, ular foydasiz protsedura uchun jami 28 ming dollar to‘lagan. 

Qayd etilishicha, firibgarlikni tibbiyot mutaxassislari uyushtirgan. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, ular o‘zlarining xizmat lavozimlaridan foydalangan holda, soxta sertifikatlar, flakonlar va shprislar ishlab chiqargan. 

Hozirda jinoyat ishida 14 kishi ishtirok etmoqda. Biroq tergov davom etayotgani sababli ayblanuvchilar soni ko‘payishi ehtimoldan holi emas. Firibgarlar qurbonlari emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar soxta ekanidan shubhalangan. Shundan so‘ng, ular politsiyaga murojaat qilishgan. 

Maʼlumot o‘rnida, joriy yilning bahorida Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi edi. Shundan so‘ng, hukumat katta emlash dasturini boshlagan. 

Maʼlumotlarga ko‘ra, ayni paytda Hindistonda 62 milliondan ortiq odam — aholining taxminan 4,5 foizi koronavirusga qarshi emlangan. 

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 30,6 mlnni tashkil qilmoqda. 403 mingdan ko‘p bemor kasallikdan vafot etgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Hindistonda 2,5 ming odam vaksina o‘rniga sho‘r suv bilan “emlandi” | Zamon.uz