Surxondaryo viloyati hokimi bokschiga mashina sovg‘a qildi
Surxondaryo viloyati hokimi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bokschiga mashina sovg‘a qildi.

Surxondaryo viloyati hokimi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bokschiga mashina sovg‘a qildi.

Maʼlum bo‘lishicha, viloyat hokimi To‘ra Bobolov Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Sanjar Tursunovga “Cobalt” sovg‘a qilgan.
Taʼkidlanishicha, bokschi ikki marta O‘zbekiston kubogi, uch marta yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni kamarini qo‘lga kiritgan. Boks bo‘yicha Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan.
«Prezidentimiz sportchi-yoshlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlab, nufuzli musobaqalarda g‘alabaga bo‘lgan ishonchimizni yana-da mustahkamlaydi. Bu bizning yuqori marralarni ko‘zlab, jahon arenasida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishga undamoqda. Nasib bo‘lsa, shu yil Olimpiadadan g‘alaba bilan qaytaman», — deydi bokschi.







