Sport

Amerika Kubogi. Argentina Kolumbiyani yengib, finalga chiqdi

Amerika Kubogi—2021 ikkinchi yarim finalida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Amerika Kubogi. Argentina Kolumbiyani yengib, finalga chiqdi

 

 

Uchrashuvning 7-daqiqasida Lautaro Martines Messining uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 61-daqiqada Luis Dias Marulanda muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi.

Seriyada argentinaliklar posboni Emiliano Martines uchta zarbani qaytardi va jamoasining g‘alabasini taʼminladi.

Shu tariqa Argentina terma jamoasi finalga yo‘l oldi va unda Braziliya qarshi bahs olib boradi. Final bahsi Toshkent vaqti bilan 11 iyul tongi soat 05:00 da boshlanadi. Kolumbiya esa Peruga qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.

Amerika Kubogi—2021

1/2 final bahsi

7 iyul, chorshanba

Argentina – Kolumbiya 1:1

Penaltilar seriyasi — 3:2

Gollar: 1:0 – 7 Martines, 1:1 – 61 Dias.

Argentina: Martines, Molina (Montiyel, 46), Pesselya, Otamendi, Talyafiko, de Paul, Rodriges, Lo Chelso (Paredes, 56), Messi, Martines, Gonsales (Di Mariya, 67).

Kolumbiya: Ospina, Munyos, Mina, Sanches, Tesilyo (Fabra, 46), Kuadrado, Barrios, Kuelyar (Chara, 46), Dias, Borre (Kardona, 46), Sapata (Borxa, 60).

Ogohlantirishlar: Lo Chelso (21), Kuadrado (45), Fabra (55), Borxa (63), Montiyel (72), Munyos (75), Kardona (86), Rodriges (87), Barrios (88), Pesselya (90).

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.