O'zbekiston

“NazarX” loyihasi muallifi Ziyodulla Butaxonov xeyterlarga javob berdi

Kosmos — yetib bo‘lmas orzudek go‘yo. Ammo inson chin dildan niyat qilsa va uni harakatlarida aks ettirsa barchasini uddalash mumkin.

“NazarX” loyihasi muallifi Ziyodulla Butaxonov  xeyterlarga javob berdi

Farg‘onalik 22 yoshli o‘g‘lon buni isbotladi. O‘zining aytishicha,  u bolaligidan osmonga ko‘z tikkan. 14-15 yoshlarida esa IT sohaga qiziqib, turli robotlar, dronlar yasadi. Ammo baribir o‘zini to‘liq “topmagan”dek edi. Shunda maqsadini aniq qildi. Kosmosga aerostat uchiraman! Oiladagi to‘rt farzandning to‘ng‘ichida ko‘pchilikka xos bo‘lmagan bu qiziqishni ko‘rgan ota-ona uni muntazam qo‘llab-quvvatladi. Ishonch kuchini ko‘rsatdi. Ziyodullaning saʼyi harakatlari bilan O‘zbekistonni kosmosdan ilk bora o‘zimizda yasalgan qurilma orqali ko‘rdik. Qahramonimiz yaratgan “NazarX” loyihasi nafaqat hamyurtlarimizda, balki xorijdagi vatandoshlarimizda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ko‘pchilikning taklifiga asosan yangi, “Bir million o‘zbek” loyihasini boshladi. Suhbatimizni u bilan tanishishdan boshladik.

 

“Bir million o‘zbek” loyihasi ko‘pchilikning taklifi bilan boshlandi.

- Ushbu loyiha taklifi muxlislardan chiqdi. “Biror loyiha boshla, biz qo‘llab-quvvatlaymiz”, deyishganidan keyin yangi loyihaga qo‘l urish fikr paydo bo‘ldi va boshladim. Agar bir million o‘zbek yig‘iladigan bo‘lsa, juda ham katta ishlar qilsa bo‘ladi. Loyihaning  rejalari: fond tashkil qilamiz (bu Yevropadan telefon qilgan o‘zbeklarni va boshqa ko‘pchilikning ham fikri) va uni yurgizamiz. Fondning asosiy maqsadlari orbitaga birinchilardan bo‘lib raketa uchirish. To‘g‘ri, bu eshitilganda g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin kosmosga strostat uchiraman deganimda ham g‘alati eshitilgan hammaga. Ammo niyatimni  amalga oshirdim. Bu ham xuddi shunday bo‘ladi.

“NazarX” loyihasi yanvar oyida amalga oshirilgan, biroq endigina ko‘pchilikning eʼtiboriga taqdim etildi. Buning ham o‘ziga yarasha sabablari bor.

- To‘g‘risi, bu loyihani amalga oshirganimdan keyin ham jismonan, ham moliyaviy tomondan juda charchadim. Maqsadim bor edi: O‘zbekiston bayrog‘ini kosmosga uchirish, yaʼni kosmosni ko‘rmoqchi edim va amalga oshirdim. Aslida, ommaga eʼlon qilmoqchi ham emasdim. Montaj ishlarini ham bo‘sh vaqtimda qilganim uchun bir oy vaqt ketdi. Loyihamni Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etdim. Ko‘rib chiqib,  yana-da rivojlantirish uchun 100 million so‘m miqdorda mablag‘ ajratishdi. Hozirda vazirlik bilan birga loyiha ustida ishlayapmiz. Ammo hozircha bu sir. Yaqin orada ijtimoiy tarmoqda maʼlum bo‘ladi.

 “NazarX” loyihasi ota-onamning moliyaviy ko‘magisiz amalga oshmasdi.

- Boshida moliyalashtirish faqat o‘zimdan bo‘lgan. Moddiy jihatdan qiynalganim uchun keyinchalik ota-onamdan yordam so‘radim. Ular motivatsiya berib, moliyalashtirishdi.

Unga ishonqiramay qaraganlar ko‘p edi.

- To‘g‘risi, bu sohaga muhim bitta ustoz talab qilinmaydi. Masalan, hamma fanlarni ham, ko‘proq, chuqurroq o‘rganish kerak.

O‘zingiz intilsangiz, harakat qilsangiz internetda, kitoblarda maʼlumotlar bor. O‘qib, o‘rgansangiz, sizga  ustoz kerakmas.

-Baʼzi bir ustozlarga iltimos qilganman. Ular buni xohlashmagan. Amalga oshishidan ko‘ra oshmasligiga ko‘proq ishonishgan.

U ayrimlarning “Kosmosga kichik qurilma uchirish uchun bunaqa aerostatni YouTubedan ko‘rib ham yasash mumkin”, deb bildirgan fikrlariga o‘zining munosabatini aytdi.

- Aerostatni  yasash ham YouTubedan ko‘rib o‘rganishning o‘zi kamlik qiladi. Chunki, IT sohasini juda ham mukammal bilishingiz kerak. Dasturlashda hamma narsani to‘g‘ri qilishingiz kerak. Ular juda ham oson deyishyapti. Oson bo‘lsa, nega mendan oldin o‘zlari qilishmagan, degan savollarni bergan bo‘lardim. Agar oson bo‘lganda, qilish kerak edi. Agar oson bo‘lganida men olti marta uchirmas edim.

Ziyodulla Mustaqilligimizning 30 yilligiga munosib sovg‘a hozirlayapti

- Prezidentimiz bilan 30-iyun Yoshlar festivali doirasida ko‘rishganimizda taklifimni bildirdim. Yaʼni stratosferaning balandroq nuqtasiga O‘zbekiston bayrog‘ini uchirmoqchiman. Ular bayrog‘imiz yana ham teparoqda hilpirab turishidan juda ham xursand bo‘ldilar. Rozilik bildirdilar va ushbu loyihani nasib qilsa, shu oy oxirigacha amalga oshiramiz.

Dostonbek Baxtiyorzoda suhbatlashdi

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"