Bangladeshda fabrika yonib ketishi natijasida 52 nafar inson halok bo‘ldi
Bangladeshning Rupganj shahrida joylashgan sharbat, makaron va shirinliklar ishlab chiqaradigan fabrikada ulkan yong‘in sodir bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, mazkur yong‘in oqibatida 52 kishi halok bo‘lgan va 50ga yaqin odam turli xildagi jarohatlar olgan.
Qurbonlar soni yana-da ko‘proq bo‘lishi ham mumkinligi gumon qilinmoqda.
Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, binoning yong‘inga nisbatan xavfsizlik xizmati juda past darajada bo‘lgan.








