Jahon

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Yevropa Ittifoqi 2027-yil oxirigacha Rossiya gazining importini to‘liq to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen 6-oktyabr kuni Yevroparlamentdagi nutqida ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gazining YI importidagi ulushi so‘nggi to‘rt yil ichida 45 foizdan 12 foizgacha kamaygan. Fon der Lyayen kelgusi yil oxirigacha bu ko‘rsatkich nolga tushirilishini ta’kidladi.

 

Yevrokomissiya rahbari Rossiya gazidan voz kechish Yevropadagi energetik inqiroz va energiya narxlarining yuqoriligiga qaramay amalga oshirilishini bildirdi. Uning qayd etishicha, fevral oxiridan buyon gaz narxlari 140 foizga, dizel yoqilg‘isi narxi esa ikki baravarga oshgan.

 

Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi gaz ta’minoti manbalarini diversifikatsiya qilgan va toza energetikaga investitsiyalarni tezlashtirgan.

 

Avvalroq “Yevropeyskaya pravda” Yevropa 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyaning Arktikadagi gaziga 7,3 milliard yevro sarflagani haqida xabar bergan edi. Bu 2025-yil davomida sarflangan mablag‘dan ko‘proq.

 

2027-yil 1-yanvardan Yevropa Ittifoqiga Rossiya suyultirilgan tabiiy gazini (STG) import qilishga to‘liq taqiq kuchga kirishi kutilmoqda. Shu bilan birga, eski shartnomalar asosida gazni uchinchi mamlakatlarga yetkazib berish bo‘yicha ayrim vaqtinchalik istisnolar saqlab qolingan.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Biroq AQSH vitse-prezidenti hozircha buni tasdiqlovchi maʼlumot yo‘qligini bildirgan.

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Demensiya, depressiv buzilishlar va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar oshgan.

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

Uning taʼkidlashicha, Boku har ikki davlat bilan strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatgan.