Turkiyada mikroavtobusning qulashi oqibatida12 kishi halok bo‘ldi
Turkiya sharqidagi Van viloyatida noqonuniy migrantlar bo‘lgan mikroavtobusning qulashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi va 20 kishi jarohat oldi.


Ag‘darilganidan keyin mikroavtobus yonib ketgan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni bartaraf etish boshqarmasi xodimlari, politsiya va shifokorlar yuborilgan. Yaradorlar yaqin atrofdagi kasalxonalarga yetkazildi.
Van viloyati Eron bilan chegaradosh bo‘lib, Afg‘oniston va Pokistondan kelgan muhojirlar uchun tranzit hududidir. Muhojirlar noqonuniy ravishda Turkiya chegarasini kesib o‘tib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga o‘tishga harakat qilishadi.







