Jahon

Hindiston demografik inqiroz yoqasida

Hindistonning Uttar-Pradesh va Assam shtatlari aholi sonini nazorat ostida saqlash uchun yaqin kunlargacha Xitoyda amalda bo‘lgan choralarni joriy etmoqchi.

Hindiston demografik inqiroz yoqasida

 

 

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, ikkitadan ortiq farzandi bor oilalar davlat subsidiyalariga nomzodlik qila olmaydi, o‘z ixtiyori bilan ikkitadan ortiq farzand ko‘rishdan bosh tortganlar qo‘shimcha moliyaviy yordam olishi mumkin.

 

Ayni paytda Hindiston demografik inqiroz yoqasida turibdi. BMT maʼlumotiga ko‘ra, 2027 yilga kelib mamlakat aholi soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldiradi.

 

Ayni paytda Hindistonda 1 mlrd 300 mln aholi yashaydi. Shuningdek, mamlakatda shaharga ko‘chish darajasi oshgan. Shu tufayli yirik shaharlarda turar-joy muammosi dolzarblashmoqda. Noqonuniy ravishda yuzaga kelayotgan xarobalarda esa antisanitariya hukmron.

 

Tashabbus ilgari surilgan Uttar-Pradesh shtatining o‘zida 240 mln odam yashaydi. Agar u alohida davlat bo‘lganida, aholisining soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni eggalagan bo‘lardi.

 

Qonun loyihasi 19 iyulga qadar muhokamaga qo‘yilgan, shundan so‘ng tashabbusni shtat qonunchilik assambleyasi ko‘rib chiqadi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Hindiston demografik inqiroz yoqasida | Zamon.uz