Indoneziyada niqob taqmagan sayyohlar qamaldi
Indoneziya hukumati to‘rt nafar sayyohni, shu jumladan Rossiya fuqarolarini koronavirus cheklovlarini buzgani uchun deportatsiya qildi.


Deportatsiya qilingan mehmonlar bir necha kun davomida izolyatsiyada bo‘lishi kerak bo‘lgan mehmonxonani tark etgan.
Bundan tashqari, Balida dam olayotgan AQSH, Irlandiya va Rossiyadan kelgan yana uch sayyoh niqob taqmagani uchun immigratsiya idorasining qamoqxonasiga joylashtirildi va endi ular o‘z mamlakatlariga qaytariladi.
Pandemiya davri mobaynida Indoneziyada virusni yuqtirishning 2,5 millionga yaqin holati va 66 mingdan ortiq o‘lim qayd etildi.







