Siyosat

Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir farmonga imzo chekdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.

Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir farmonga imzo chekdi

 

 

Hujjat bilan:

 

▫️2021-yilning avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandlari (o‘quv qurollari, kitob, kiyim-kechak) uchun 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu maqsadlar uchun 128 ming bolaga Davlat byudjetidan mablag‘ ajratiladi.

 

▫️“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlarining 2021/2022 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt summasi birinchi o‘quv yili uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

 

▫️“Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi. 2 mingta yosh oilalarni uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarini qoplashga Davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi.

 

▫️2021-yil 1-sentabrdan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi — 14 foiz miqdorida imtiyozli ta’lim kreditlarini berish joriy etiladi.

 

▫️Nufuzli xalqaro reyting agentliklarining yetakchi 500 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimchalar to‘lash tizimi joriy etiladi.

 

▫️2021-yil sentabr oyidan boshlab, Toshkent shahrida ilg‘or xorijiy tajriba asosida Yoshlar biznes maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unda shu yilda 1,4 ming nafar yoshlarga tadbirkorlik va biznes yuritishda yaxshi natijalarga erishish va xavf-xatarlardan himoyalanish usullari o‘rgatiladi. 2022-yilda Yoshlar biznes maktabining respublika miqiyosida filiallari tashkil etiladi.

 

▫️2021-yil 1-sentabrdan yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap loyihalari tanlovi doirasida har bir tuman va shaharda 3 nafardan g‘oliblarga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi. Loyihalarni har biri uchun 50 mln so‘mlik grantlar beriladi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"