Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

 

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga amaliy tashrifi doirasida Turkiy davlatlar tashkilotining yangi tayinlangan bosh kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi.

 

Uchrashuvda 11-noyabrdan o‘z lavozimiga kirishayotgan bosh kotib oldida turgan ustuvor vazifalar, O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 

Shuningdek, 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Uni yuqori tashkiliy saviyada va mazmunli o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

 

Uchrashuv yakunida davlat rahbari Mirvohid Azimovni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga TDT bosh kotibi sifatidagi faoliyatida muvaffaqiyat va samarali natijalar tiladi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida Erdog‘an bilan uchrashuv, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti va biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda “SamAvto”ni modernizatsiya qilish va yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

Eron elchixonalarining Samarqand merosi haqidagi postlari yuzasidan yuzaga kelgan diplomatik bahsga Tehron izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.