Siyosat

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

 

6-noyabr kuni Ostona shahrida Aqaba jarayoni doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sun’iy intellekt sohasidagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

 

Tadbirda Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Iordaniya qiroli Abdulla II, shuningdek, Ozarbayjon va Qirg‘izistonning yuqori darajali vakillari hamda boshqa xorijiy mehmonlar qatnashdi.

 

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar rivoji bilan bog‘liq yangi xavf-xatarlar muhokama qilindi. Davlatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va, ayniqsa, yoshlar orasida radikallashuvning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda Aqaba jarayonining ahamiyatini yuqori baholadi.

 

Sun’iy intellekt jadal rivojlanishi insoniyat uchun katta imkoniyatlar yaratishi bilan birga, yangi tahdidlarni ham yuzaga keltirayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan sifatli ta’limni rivojlantirish va inson salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish xavfsizlikning muhim poydevori ekani ta’kidlandi.

 

Prezident “Inson manfaatlari yo‘lida raqamli taraqqiyot” tashabbusini ilgari surdi. U ma’rifat va ilmga intilish an’analarini zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan uyg‘unlashtirish, sun’iy intellekt imkoniyatlarini bilimlarni keng tarqatish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va inson kamolotiga xizmat qildirishni nazarda tutadi.

 

Shuningdek, BMTning Sun’iy intellektni boshqarish masalalari bo‘yicha global muloqoti qo‘llab-quvvatlandi.

 

O‘zbekiston global sa’y-harakatlarga amaliy hissa qo‘shish maqsadida mamlakatda BMT Aksilterror boshqarmasining mintaqaviy ofisini ochishga tayyorligini bildirdi. Ushbu ofis Markaziy Osiyo davlatlariga terrorchilik mazmunidagi materiallar haqida ogohlantirish kanallarini yo‘lga qo‘yish, terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash, mutaxassislar malakasini oshirish va bu jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

 

Bundan tashqari, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida “Raqamli davrda jaholatga qarshi ma’rifat” xalqaro dasturini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Dastur doirasida ko‘p tilli axborot resurslarini yaratish, diniy arboblarni axborot muhitida faoliyat yuritishga tayyorlash hamda islom dinining insonparvarlik qadriyatlarini targ‘ib qilayotgan yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbari sun’iy intellektning kelajagi nafaqat texnologik taraqqiyotga, balki undan qanday maqsadlarda foydalanishga ham bog‘liqligini ta’kidladi. Yangi texnologiyalarni tahdid manbaiga emas, balki tinchlik, xavfsizlik va inson taraqqiyotini ta’minlash vositasiga aylantirish zarurligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida Erdog‘an bilan uchrashuv, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti va biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda “SamAvto”ni modernizatsiya qilish va yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

Eron elchixonalarining Samarqand merosi haqidagi postlari yuzasidan yuzaga kelgan diplomatik bahsga Tehron izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.