Jamiyat

Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida uchraydigan noyob jonivorlar video tasvirlarga tushdi (video)

Hisor davlat qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari va Tanxozdaryo davlat nazoratchilari tomonidan qo‘yilgan video qopqonlarga noyob hayvonlar tasviri muhrlandi. Ular Jahon va O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan Qor qoplon, TyanShan qo‘ng‘ir ayig‘i, Turkiston silovsini, oddiy turdan Sibir tog‘ echkilaridir.

Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida uchraydigan noyob jonivorlar video tasvirlarga tushdi (video)

 

 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra tasvirda harakatlari aks etgan, tabiatda uchraydigan noyob hayvon turlaridan biri Qor qoploni – bugungi kunga kelib, yer yuzida yo‘qolib ketish xavfi ostida. Shu sabab ham Tabiatni muhofaza qilish Halqaro ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi “qizil kitobi”ga kiritilgan.

 

Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i esa Pomir, Tyan-Shan, Himolay va Hisor tog‘larida yashaydigan jigarrang ayiqning alohida turidir. U nisbatan kichik o‘lchamga ega: tana uzunligi 130 sm gacha, og‘irligi 250 kg gacha bo‘ladi. O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga 2006 yilda kamyob va yuqolib borayotgan tur sifatida kiritilgan.

 

Mazkur “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlaganlik uchun Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92 moddasi bilan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoroda"Qizil kitob"ga kiritilgan jonivorlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs xaqida xabar bergandik.

Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida uchraydigan noyob jonivorlar video tasvirlarga tushdi (video) | Zamon.uz