O'zbekiston

O‘zbekistonning yarim yillik daromadlari miqdori maʼlum qilindi

Yanvar-iyun oylarida davlat byudjeti daromadlari 2020 yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga o‘sdi.

O‘zbekistonning yarim yillik daromadlari miqdori maʼlum qilindi

 

 

Moliya vazirligi davlat byudjeti daromadlarining 2021 yil 1-yarim yillik ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalarini eʼlon qildi.

 

Qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarida davlat byudjeti daromadlari 74,9 trillion so‘mni tashkil qildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,7 trillion so‘mga (+28,7 foiz) ko‘p bo‘ldi.

 

Hisobot davrida davlat soliq organlari nazoratidagi tushumlar 61,4 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga qaraganda 15,5 trillion so‘mga (33,8 foiz) oshdi.

 

Jumladan, yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash inspeksiyasi nazorati ostidagi tushumlar 40,6 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 10,5 trillion so‘mni (35 foiz) tashkil qildi.

 

1-yarim yillikda bojxona organlari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlar 5,2 trillion so‘mga (52,5 foiz) oshdi va 15 trillion so‘mni tashkil qildi.

 

Davlat byudjetining soliq va bojxona organlari tomonidan nazorat qilinmaydigan tushumlari 6 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2 trillion so‘mga ko‘pdir.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Jizzax tibbiyotida 180 kunlik tajriba: yangi tibbiy tizimdan nimalar kutilyapti?

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini 180 kun ichida yuqori texnologiyali hududiy referens markazga aylantirishga qaratilgan «Jizzax-180» dasturi ishga tushirildi.

custom img

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

Yangi transport vositalari tog‘li va murakkab hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkor tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

custom img

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning 6 farzandi vatanga qaytarildi

Fuqaroning hujjatlari yo'qligi sababli u va farzandlari vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lgan.

custom img

Toshkentda kvartiralarning narxi kadastrdagidan 7,4 baravar, hovli-joylarniki esa 14 baravar yuqori chiqdi

600 mingdan ortiq kvartira va 213 mingta hovli-joy ommaviy baholandi.

custom img

Sudya Aziza Mirzayeva majlisga ketayotganida halokatga uchradimi?

Oliy sud Tomdi tuman sudi raisi vafoti yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentdagi yong‘inda halok bo‘lgan FVV ofitseri Samarqandda dafn etildi

Dafn marosimida FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibi, marhumning yaqinlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

custom img

Banklarning moliyaviy holatini tiklash rejalariga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Banklar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ularning faoliyatini tiklashga qaratilgan rejalar endilikda belgilangan talablar asosida ishlab chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"