O'zbekiston

Sergey Lavrovni Toshkentda samimiylik bilan kutib olishdi

Bugun, 14-iyul kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston poytaxti Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sergey Lavrovni Toshkentda samimiylik bilan kutib olishdi

Rossiya TIV rahbari joriy yilning 15-16-iyul kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

“Uni samimiylik bilan kutib olishdi”, deya yozadi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram kanalida.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 15-iyul kuni start oladigan Toshkent konferensiyasida ishtirok etish uchun Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ham, allaqachon, O‘zbekistonga yetib kelgan. U ayni vaqtda Farg‘onada bo‘lib turibdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent konferensiyasida Afg‘oniston va Pokiston Prezidentlari, shuningdek, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vise-prezidenti Jozef Borrel, 20 dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ishtirokchilarning umumiy soni 600 dan ortiq.

Toshkent ushbu nufuzli konferensiyaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Joriy yilning 15-16 iyul kunlari shahar bo‘ylab bir qator yo‘llar yopiladi, avtobus qatnov yo‘nalishlari o‘zgaradi. Bundan tashqari, har bir davlat delegasiyasiga o‘zbekistonlik bo‘lajak diplomat talabalardan vakillar biriktirilgan.

Jahongir Kuziyev

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Sergey Lavrovni Toshkentda samimiylik bilan kutib olishdi | Zamon.uz