O'zbekiston

Bog‘chalardagi bolalarda ko‘z kasalligi tarqalayaptimi?

Toshkent viloyati SSB tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Bog‘chalardagi bolalarda ko‘z kasalligi tarqalayaptimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar o‘rtasida ko‘z kasalligi tarqalayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 10-noyabr kuni Parkent tumanidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2022-yilda tug‘ilgan bola ko‘z kasalligi alomatlari bilan kelgan. Bog‘cha ma’muriyati bolani muassasa hududiga kiritmagan va shifokor ko‘rigiga yuborgan.

 

Tuman oftalmologi ko‘rigidan so‘ng bolaga “H10.3 — aniqlanmagan o‘tkir konyunktivit” tashxisi qo‘yilib, tegishli davolash muolajalari belgilangan. Shuningdek, uning akasi va otasida ham shunga o‘xshash alomatlar kuzatilgan. Ayni paytda ularga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

SSB ma’lumotiga ko‘ra, ko‘z kasalligi alomatlari bilan murojaat qilgan boshqa bemorlar qayd etilmagan. Bog‘cha ma’muriyati ham boshqa tarbiyalanuvchilarda bunday belgilar kuzatilmaganini bildirgan.

 

Shu munosabat bilan ota-onalardan farzandlarining salomatligiga e’tiborli bo‘lish, ko‘zda qizarish, yoshlanish yoki ajralma kelishi kabi alomatlar paydo bo‘lsa, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish so‘raldi.

“BBB-” darajasiga erishish uchun bir pog‘ona qoldi — Saida Mirziyoyeva

“BBB-” darajasiga erishish uchun bir pog‘ona qoldi — Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonning suveren kredit reytingi “barqaror” prognoz bilan “BB+” darajasiga ko‘tarildi.

Ikki oylik iste’mol uchun yetarli: O‘zbekistonda benzin zaxirasi yaratildi

Ikki oylik iste’mol uchun yetarli: O‘zbekistonda benzin zaxirasi yaratildi

Talab oshgan taqdirda birja savdolariga kuniga 10 ming tonnagacha benzin chiqarishi mumkin.

Yevropaliklarni chuv tushirgan: Toshkentda yashirin call-markaz aniqlandi

Yevropaliklarni chuv tushirgan: Toshkentda yashirin call-markaz aniqlandi

Markaz xorijliklarga soxta hujjatlar va treyding bo‘yicha treninglar taklif qilib, kriptoaktivlarini o‘zlashtirgan.

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Toshkent avtobuslaridagi qoraytirilgan oynalar va ishlamayotgan elektron tablolar yuzasidan e’tirozlar bildirilgan edi.

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

21-noyabr kuni ertalab AQI bo‘yicha “o‘rtacha” daraja qayd etilishi kutilmoqda.

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Go‘shtning iste’molga yaroqliligi yuzasidan laboratoriya tekshiruvi o‘tkaziladi.

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Prezident 31 ta loyiha institutining faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, ularga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yechimlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

Birja savdolariga chiqarilgan benzindan yuqori oktanli benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.