O'zbekiston

Yevropaliklarni chuv tushirgan: Toshkentda yashirin call-markaz aniqlandi

Markaz xorijliklarga soxta hujjatlar va treyding bo‘yicha treninglar taklif qilib, kriptoaktivlarini o‘zlashtirgan.

Yevropaliklarni chuv tushirgan: Toshkentda yashirin call-markaz aniqlandi

 

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida xorijiy fuqarolarni aldash orqali kriptoaktivlarini o‘zlashtirgan 10 kishilik noqonuniy onlayn call-markaz faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, guruh a’zolari messenjerlar orqali Yevropa davlatlari fuqarolarining ishonchiga kirib, soxta hujjatlar tayyorlash, treyding va kriptoaktivlar bo‘yicha treninglar taklif qilgan. Shundan so‘ng aldov yo‘li bilan ularning kriptoaktivlarini o‘zlarining elektron hamyonlariga o‘tkazib, o‘zlashtirgan.

 

Tezkor tadbir davomida 8 ta noutbuk, 58 ta telefon va 3 ta kompyuter qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Shuningdek, guruh a’zolarining poytaxtda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab kelgani aniqlangan.

 

Ular tomonidan 231 134 USDT, ya’ni qariyb 2 milliard 432 million so‘mlik kriptoaktivlar aylanmasi bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanilgani ma’lum bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Toshkent avtobuslaridagi qoraytirilgan oynalar va ishlamayotgan elektron tablolar yuzasidan e’tirozlar bildirilgan edi.

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

21-noyabr kuni ertalab AQI bo‘yicha “o‘rtacha” daraja qayd etilishi kutilmoqda.

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Go‘shtning iste’molga yaroqliligi yuzasidan laboratoriya tekshiruvi o‘tkaziladi.

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Prezident 31 ta loyiha institutining faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, ularga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yechimlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

Birja savdolariga chiqarilgan benzindan yuqori oktanli benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Kumushkonda “Oltin bel” majmuasi barpo etildi: 600 ta ish o‘rni yaratildi

Kumushkonda “Oltin bel” majmuasi barpo etildi: 600 ta ish o‘rni yaratildi

Majmua bir vaqtning o‘zida 6 ming nafargacha mehmonlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Gavjumlikni kamaytirish uchun Chilonzor bekati o‘rniga «Mirzo Ulug‘bek», Xalqlar do‘stligi bekati o‘rniga esa «Milliy bog‘» bekatidan foydalanish tavsiya etilmoqda.

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

Eng yuqori natija Samarqand davlat chet tillar instituti bitiruvchilarida qayd etildi.