O'zbekiston

Turkiya tashqi ishlar vaziri Farg‘onaga keldi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Farg‘onaga keldi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Farg‘onaga keldi

 

 

Avval xabar berganimizdek, 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushog‘lu o‘z safarini Farg‘onadan boshladi.

 


 
Bugun, 14 iyul kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Istanbuldan Farg‘onaga uchib keldi. Yuqori martabali mehmonni Farg‘ona xalqaro aeroportida O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Aʼzamov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Iqboljon Ergashev, Farg‘ona shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev, O‘zbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Aʼzamxo‘jayev hamda Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar va boshqa rasmiylar tantanali kutib oldilar.

 

 

Tashrif rejasiga ko‘ra kun davomida Turkiya tashqi ishlar vaziri Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazini hama Oltiariq tumanidagi uzumchilik bog‘larini borib ko‘radi, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyi hamda Jome majmuasi bilan tanishadi.

 

 

Mevlyut Chavushog‘lu bugun kech soatlarda Farg‘onaga tashrifini yakunlab, ertaga boshlanadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga uchib ketadi.

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

Andijonda onlayn qimor bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlari fosh etildi.

Ziyoratga yuborish va’dasi: “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi

Ziyoratga yuborish va’dasi: “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi

Uch hududda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul olgan shaxslar ushlandi.

Avstraliya mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda: o‘zbekistonlik mutaxassislar ishga jalb etilishi mumkin

Avstraliya mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda: o‘zbekistonlik mutaxassislar ishga jalb etilishi mumkin

Avstraliyaning Shimoliy hududi vakillari bilan o‘zbekistonlik malakali ishchilarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Bog‘chalardagi bolalarda ko‘z kasalligi tarqalayaptimi?

Bog‘chalardagi bolalarda ko‘z kasalligi tarqalayaptimi?

Toshkent viloyati SSB tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

“BBB-” darajasiga erishish uchun bir pog‘ona qoldi — Saida Mirziyoyeva

“BBB-” darajasiga erishish uchun bir pog‘ona qoldi — Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonning suveren kredit reytingi “barqaror” prognoz bilan “BB+” darajasiga ko‘tarildi.

Ikki oylik iste’mol uchun yetarli: O‘zbekistonda benzin zaxirasi yaratildi

Ikki oylik iste’mol uchun yetarli: O‘zbekistonda benzin zaxirasi yaratildi

Talab oshgan taqdirda birja savdolariga kuniga 10 ming tonnagacha benzin chiqarishi mumkin.

Yevropaliklarni chuv tushirgan: Toshkentda yashirin call-markaz aniqlandi

Yevropaliklarni chuv tushirgan: Toshkentda yashirin call-markaz aniqlandi

Markaz xorijliklarga soxta hujjatlar va treyding bo‘yicha treninglar taklif qilib, kriptoaktivlarini o‘zlashtirgan.

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Toshkent avtobuslaridagi qoraytirilgan oynalar va ishlamayotgan elektron tablolar yuzasidan e’tirozlar bildirilgan edi.