O'zbekiston

O‘zbekistonda avtomobillarga talab 30 %ga oshgan

Avtomobillarning ko‘tarilgan narxi va pandemiyaga qaramasdan O'zbekistonda 2020-yilda 2019-yilga nisbatan avtomobil savdosida o‘sish kuzatilgan.

O‘zbekistonda avtomobillarga talab 30 %ga oshgan

Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (CERR) tarqatgan maʼlumotlariga ko‘ra so‘ngi 2 yil ichida aholining avtomobillarga bo‘lgan talabi 29,6 % ga oshgan.

Hisobotda aytilishiga koʻra, 2021 yilning iyun oyida avtomobillarga boʻlgan talab 2020 yilning iyun oyiga nisbatan 12,9 %ga, 2019 yilning shu davriga nisbatan esa 29,6 %ga oshgan.

Eng yuqori oʻsish suratlari Namangan (22,6%), Navoiy (20,9%), Samarqand (18,8%), Fargʻona (16,2%) va Toshkent (16,4%) viloyatlarida qayd etilgan.

Xususan, 2021 yilning iyun oyida 18,9 mingta yangi avtomobil roʻyxatga olindi. Ulardan 1171 tasi (6,2%) chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillardir. Chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar eng koʻp sotilgan hududlar Toshkent shahri (yangi avtomobillarning 11,8%), Toshkent (5,7%), Samarqand (3%) va Xorazm (2,4%) viloyatlari boʻldi.

Shuningdek, oʻtkazilgan tahlilllar avtokreditlar va avtomobillarga boʻlgan talab oʻrtasida sezilarli darajada bogʻliqlik borligini koʻrsatdi. Avtokreditlar hajmining 10%ga oshishi roʻyxatga olingan va qayta roʻyxatga olingan avtomobillar sonining 4% ga oshishiga olib kelganini koʻrsatdi.

Bundan tashqari, yuqorda keltirilgan oʻsish suratlari hisobga olinganda, Oʻzbekiston avtomobil bozoriga koronavirus taʼsiri minimal boʻlganini qayd etish mumkin. Pandemiya yili 2020 yilning aprel oyida avtotransport vositalari savdosi 73,8% ga pasaygan boʻlsa, yilning ikkinchi yarmida bozorda oʻsish kuzatildi. Yakuniy natija – Oʻzbekistonda 2020 yilda sotilgan yangi avtomobillar soni 276 mingdan oshdi. 2019 yilda esa jami – 268 ming yangi avtomobil sotilgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"