O'zbekiston

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Guruh a’zolari ikki fuqaro o‘rtasidagi qarz munosabatiga aralashib, 11 ming dollarni zo‘ravonlik bilan qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

 

IIV Tezkor qidiruv departamenti, uning hududiy bo‘linmalari hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ko‘cha-ko‘yda nizolarni zo‘ravonlik va bezorilik yo‘li bilan hal qilib, tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qo‘lga olinganlar orasida guruh yetakchisi A.U (laqabi — “Dolya”), uning sheriklari Y.I (“Skar”), Z.R (“Tuz”) hamda A.D (“Dodi”) bor. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ularning ayrimlari muqaddam turli jinoyatlar uchun sudlangan.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil sentyabr oyida ikki tanish fuqaro o‘rtasida qarz oldi-berdisi bo‘lgan. Ulardan biri sherigiga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun bir yil muddatga 11 ming dollar qarz bergan.

 

Bu haqda xabar topgan jinoiy guruh a’zolari noyabr oyida ikki fuqaro o‘rtasidagi munosabatga aralashib, qarz olgan shaxsni kuch ishlatish bilan qo‘rqitgan va uning tanishiga tegishli 11 ming dollarni olib qo‘ygan. Biroq pullar egasiga qaytarilmagan, balki guruh a’zolari tomonidan o‘zlashtirilgan.

 

IIV xabarida qayd etilishicha, guruh a’zolari telefon savdosi, oylik ish haqi, avtomobil oldi-sotdisi va ishlab topilgan pullarni undirib berish kabi turli masalalarda fuqarolarga tahdid va bosim o‘tkazgan. Ular zo‘ravonlik hamda tovlamachilik orqali millionlab pullarni talab qilib, jabrlanuvchilarni bu haqda sukut saqlashga majbur qilgan.

 

Jabrlanganlardan biri guruh a’zolari unga pichoq bilan tahdid qilgani, oilasining tinchini buzish va to‘yini to‘xtatish bilan qo‘rqitganini bildirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

O‘zbekistonda pul belgilaridagi yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar: 1 500 nafardan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar: 1 500 nafardan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

O‘zbekistonda 10 oy davomida 5 368 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi

3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi

U ziyoratiga borishni istagan uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, barcha zarur sharoitlarni yaratib berishni va’da qilgan.

Namangan iqtisodiyotini 9,5 foizga o‘stirish imkoniyati bor: investitsiyalar 7–8 mlrd dollarga yetishi mumkin

Namangan iqtisodiyotini 9,5 foizga o‘stirish imkoniyati bor: investitsiyalar 7–8 mlrd dollarga yetishi mumkin

Namangan viloyatida umumiy qiymati 5,4 mlrd dollarlik yangi investitsiya takliflari shakllantirildi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga harorat inversiyasi sabab bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga harorat inversiyasi sabab bo‘ladi

19-noyabr kuni ertalab havo sifati xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “o‘rtacha” darajagacha yaxshilanadi.

Tashqi savdo hajmi 65,4 mlrd dollarga yetdi: yuqori ulushga ega TOP-10 davlat ma’lum qilindi

Tashqi savdo hajmi 65,4 mlrd dollarga yetdi: yuqori ulushga ega TOP-10 davlat ma’lum qilindi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2025-yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 6,3 foizga oshgan.

Kredit qarzi sabab tosh maydalagich xatlandi

Kredit qarzi sabab tosh maydalagich xatlandi

Ayni paytda uskuna 2,524 mlrd so‘mga baholangan.

Jizzaxda MCHJga tegishli maxsus texnika xatlandi

Jizzaxda MCHJga tegishli maxsus texnika xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, tashkilotning 6,6 mlrd so‘mlik qarzi bo‘lgan.